So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  5 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Kamoliddin Murzoev: "Laureat bo'lish men uchun yoqimli syurpriz bo'ldi" Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "Laureat bo'lish men uchun yoqimli syurpriz bo'ldi"

O'zbekiston Professional futbol ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oy laureatlarining sentyabrdagi g'olibi bo'lgan "Dinamo" hujumchisi Kamoliddin Murzoev bilan qisqacha suhbatlashdik.


- Umuman eng yaxshi futbolchi bo'lishingizni kutganmidingiz?
-  Men uchun bu kutilmagan syurpriz bo'ldi.

- Futbolchi uchun shu kabi etiroflar qanchalik yoqimli? Bu sizga qo'shimcha kuch yoki motivaciya beradimi?
- Bu futbolchi uchun katta yutuq albatta. Qilayotgan mehnatlarning samarasi deb bilaman. Lekin shu bilan birgalikda to'xtab qolmaslik kerak. Kamida shu mavqeini saqlab qolish lozim. Bu kabi etiroflar futbolchi uchun yanada yaxshiroq o'ynashiga katta motivaciya beradi.

- "Dinamo"da o'yiningiz ochilib ketishini asosiy omili nimada deb o'ylaysiz?
- Murabbiy ishonchi, jamoadoshlarim bilan iliq munosabat. Bu menga maydonda ko'proq erkinlik bermoqda. SHuningdek, men yana o'z joyimda, nominal hujumchi sifatida o'ynamoqdaman. SHu boisdan ham gol urishim, jamoaga ko'proq foyda keltirishim yaxshi tomonga o'zgardi deb o'ylayman. Eng asosiysi omillardan biri esa bu omad. Futbolchi uchun omad juda kerakli va muhim narsa.

- "Dinamo" Oliy ligada jon saqlab qoladimi?
- Buning uchun qo'limizdan keladigan barcha ishni amalga oshiramiz.

- Tasavvur qilaylik, "Dinamo" mabodo Oliy ligadan tushib ketdi. SHunda jamoada keyingi mavsum ham qolgan bo'larmidingiz?
- Bu haqida hayolimga ham keltirmadim. Yaxshisi oliy ligada qolaylik, shunisi hamma uchun yaxshi bo'lardi. Men hali o'sishim kerak, shu jihatdan olib qaraganda, birinchi liga haqida o'ylash noo'rin.

- Oliy ligadagi eng kuchli 5 nafar futbolchi nomini ayting...
- Jasur Hasanov (katta), Lutfulla To'raev, Artur Gevorkyan, Igor Sergeev va SHuhrat Muhammadiev.

- Siz uchun qaysi darvozabonga gol urish qiyin kechdi?
- "Neftchi" posboni CHeremesin bu mavsumda men uchun chinakamiga bosh og'riq bo'ldi.

- Oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lganingiz bilan sizni birinchi bo'lib kim tabrikladi?
- "Nasaf"da birga ishlagan do'stim Aziz Nuriy meni birinchi bo'lib tabrikladi.

- Bu yutuqni kimga bag'ishlaysiz?
- Oila azolarimga va aynan sentyabr oyida tug'ilgan o'g'lim Islomga bag'ishlayman.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика