So’nggi yangiliklar

07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  0 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  1 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  6 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0

Kamoliddin Alimov "Paxtakor" va "Bunyodkor"ning g'alabasiga ishonmaydi Yangiliklar

Kamoliddin Alimov "Paxtakor" va "Bunyodkor"ning g'alabasiga ishonmaydi

Bugun Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tadi.


YANGILASH

Ushbu sahifa orqali bugungi o'yinlar xususidagi qiziqarli malumotlar va fikrlar bilan onlayn tarzda boxabar bo'lib borasiz.


CHempionatimiz turdan-turga qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy kechmoqda.

O'tgan turda barcha grand jamoalarimiz mag'lubiyat alamini tatib ko'rishgandi.

Kecha Toshkentda va Muborakda start olgan 6-tur Muborakda peshqadamlarni o'zaro uchrashtirgandi.

- Oliy liga. "Qo'qon-1912" Muborakda g'alabani qo'ldan chiqardi

Toshkentda o'tgan "Obod" - "Olmaliq" bahsida esa Kumikov jamoasining qo'li baland keldi.

- Oliy liga. "Olmaliq" ketma-ket ikkinchi o'yinda yutdi

- Oliy liga. "Obod" - "Olmaliq" 0:1 (fotogalereya)

Bu safar tur sensaciya kuzatiladimi?

Aynan mana shu savol hozirda ko'pchilikni qiziqtirmoqda.

- Oliy liga. Bugun 6-turning beshta uchrashuv bo'lib o'tadi

Turning markaziy uchrashuvi so'zsiz TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi.

Unda peshqadamlar orasida borayotgan "temiryo'lchilar" "ajdarlar"ni mehmon qilishadi.

- “Lokomotiv” - “Nasaf” uchrashuviga oid faktlar

Bekobodda esa "Navbahor" mahalliy "Metallurg" bilan uchrashadi. Ilhom Mo'minjonov jamoasida jadvalda yakka peshqadam bo'lib olish imkoniyati mavjud. Buning uchun ulardan faqatgina g'alaba talab etiladi. Buni Bekobodda uddalash esa birmuncha qiyin yumush. CHempionat peshqadami bo'lishni istaydigan jamoa uchun esa aynan qiyin bo'lgan masalalarni echimini topish ortiqcha muammo bo'lmasligi lozim. Ko'ramiz.

CHempionat startida "Lester"ga qiyoslangan, ammo parvozi uzoqqa cho'zilmagan "Dinamo" o'z muxlislari qarshisida "Buxoro" bilan principial ahamiyatga ega o'yinni o'tkazadi. Ketma-ket ikkita muvaffaqiyatsizlikdan keyin samarqandliklar g'alaba qozonishga urinib ko'rishadi. Ulug'bek Baqoev jamoasi esa yana o'z muxlislarini xursand qilishga urinib ko'rishadi.

Navoiyda esa o'tgan hafta Toshkentda "qaldirg'ochlar"ning qanotini qayirgan "Qizilqum" "So'g'diyona" bilan to'qnash keladi. Hamidjon Aktamov hamda Davron Fayziev qarama-qarshiligida kim g'olib bo'ladi?

Murabbiy o'zgarganidan keyin G'uzorda "Lokomotiv"ni adabini bergan "SHo'rtan"ning yo'lidan bu safar "sherlar" chiqib qolishdi. "SHo'rtan" "Paxtakor"ga nechta gol tayyorlab qo'ygan? Yoki "Paxtakor" o'tgan yilgi mag'lubiyatdan keyin tegishli xulosalarni chiqardimi? Bu savollarga birozdan so'ng javob olamiz. G'uzorda bugun ikkita o'z murabbiylarini istefoga chiqargan jamoalar uchrashuviga guvoh bo'lamiz.

Oliy liga, 6-tur.

14 aprel

"Obod" - "Olmaliq" 0:1

"Mashal" - "Qo'qon-1912" 1:1

15 aprel

"Metallurg" - "Navbahor" 0:0

"SHo'rtan" - "Paxtakor" 3:0

"Dinamo" - "Buxoro" 3:1

"Qizilqum" - "So'g'diyona" 1:1

"Lokomotiv" - "Nasaf" 2:1




Jurnalist Jasur Aslanovning taxminicha, bugun Bekobodda "Metallurg" jamoasi "Navbahor"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratadi. G'uzorda esa jangovor durang qayd etilishi ehtimoli katta ekanligini aytib o'tdi. Samarqandda ham jamoalar murosa ko'chasini tanlashlari mumkinligini taxmin qilmoqda. TTZda esa "Nasaf"ning imkoniyatlari past baholamoqda. Bu bahsda "temiryo'lchilar" birgina gol evaziga g'alabani qo'lga kiritishlari mumkinligini bildirdi. Aslanovning qayd etishicha, bunga Eldorbek Suyunovning zaxirada qolib ketayotgani va murabbiy Quvvatovni asosiyga qo'yib xatoga yo'l qo'ymoqda. "Qizilqum" - "So'g'diyona" uchrashuvida esa mezbonlar ishochnli g'alabani qo'lga kiritishlariga shubha qilmasligini bildirdi.

- Uchrashuvlar boshlanguniga qadar kechagi "Mashal" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvining fotogalereyasini tomosha qiling.

Jurnalist Narzulla Saydullaev ham bugungi tur o'yinlari oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

- "Metallurg" o'z uyida doim kuchli o'ynaydi. Lekin "Navbahor" bu mavsumni ajoyib tarzda boshlay oldi. SHiddatli kechadigan o'yinda ko'p gol bo'lsa kerak. Yakunda durang qayd etilsa kerak. "Dinamo" va "Buxoro" o'rtasidagi uchrashuvda esa bitta gol barchasini hal qilsa kerak. Taxminimcha, bu golni mehmonlar urishadi.
"SHo'rtan" o'tgan turda o'z uyida "Lokomotiv"ni mag'lub etgandi. Bugun ham g'uzorliklar o'z uyida "Paxtakor"ni ham taslim qilishi mumkin. "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvida mezbonlarning imkoniyati yuqoriroqdek. Ammo Ro'ziqul Berdiev shogirdlari ham mavsumni yaxshi o'tkazishmoqda. Bahsda durang qayd etilsa kerak. Qizig'i Toshkentda bu jamoalarning natijalari mutlaqo teng: 4tadan g'alaba va 4ta durang.
"Qizilqum" Navoiyda "So'g'diyona"ni mag'lub etsa kerak. Agar Jizzax klubi g'olib bo'lsa bu tur sensaciyasi bo'ladi.

Jurnalist SHahboz Beg'amov ushbu turda sensaciya qayd etilishiga shubha qilmoqda.

- CHempionatimiz kutilmagan natijalar bilan boshlandi. Bu esa oliy ligaga bo'lgan qiziqishni biroz bo'lsada qaytargani kishini quvontiradi. Lekin mavsum endi start oldi va ko'plab jamoalarning nimalarga qodir ekanligiga keyingi o'yinlar oydinlik kiritib beradi. O'tgan turda ko'plab sensaciyalar qayd etilgani yaxshi bo'ldi. Ammo bu safar endi tur sensaciyalarga boy bo'lmasa kerak. Agarda ayni paytdagi "Paxtakor" safarda "SHo'rtan"ni taslim eta olsa, unda buni sensaciya, degan bo'lardim. Jamoalarning hozirgi mavqei va o'yinlaridan kelib chiqib, bu bahsda maydon egalarining imkoniyatlarini yuqori baholash mumkin. O'z uyida yulduzli tarkibi bor "Lokomotiv"ni dog'da qoldirgan "SHo'rtan" uchun "Paxtakor" uncha qo'rqinchli emas. Turning markaziy bahsida esa haqiqiy tomoshabop va sifatli futbol ko'rishga ishongim kelyapti. "Lokomotiv" - "Nasaf" jamoalarining o'tgan yilgi o'yinida bo'lgani kabi shiddatkor bahsni kutishga haqlimiz. Jamoalar o'tgan turda o'z raqiblaridan "tarsaki"ni qabul qilib olishdi. Bu safar esa har ikkala jamoaga g'alaba zarur. Agarda bugun "Nasaf" imkoniyatni boy beradigan bo'lsa, unda "ajdarlar" turnir jadvalidagi o'z mavqeilarini birmuncha pasaytirib yuborishadi. Bu esa ularni bu yili ham yana bronzaga ko'z tikishlari mumkinligini oydinlashtirib qo'yishi mumkin.
"Lokomotiv" yutqazgudek bo'lsa, unda bu jamoada inqiroz boshlanganidan darak berishi mumkin.
"Lokomotiv" uchun ketma-ket uchta o'yinni g'alabasiz o'tkazish, bu endi tasodif bo'lmaydi.
Dragan CHerandek "ajdari" bor jamoadan "Lokomotiv" ehtiyot bo'lishi lozim! "Nasaf" esa Bikmaevni jarima maydonchasi ichida bo'sh qo'ymasa hamda Masharipovni zararsizlantira olsa, hammasi joyida bo'ladi.
Qolgan barcha o'yinlarda mezbonlarning imkoniyati yuqori. Umuman bu turda "Olmaliq"dan tashqari qolgan hech bir mehmon jamoa g'alaba qozona olmasa kerak.

Jurnalist Kamoliddin Alimovning fikricha, ushbu turda G'uzor va Farg'onada mezbonlar "Paxtakor" hamda "Bunyodkor"ga yutqazishmaydi.  Tur sensaciyasini "Neftchi" va "SHo'rtan" qayd etishga qodir, deya qo'shimcha qildi Alimov.

Oliy liga. 6-tur. LIVE Hisob

"Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvi boshlandi. Jamoalar tarkibi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.


Turning oxirgi o'yini ertaga, Farg'onada, "Neftchi" hamda "Bunyodkor" o'rtasidagi uchrashuv bilan yakunlanadi.

YANGILASH

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика