So’nggi yangiliklar

16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  1 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  4 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10

Kamo Gazarov: "Bizni faqat g'alaba qanoatlantiradi" Yangiliklar

Kamo Gazarov: "Bizni faqat g'alaba qanoatlantiradi"

Teglar :  Kamo GazarovBuxoro
“Buxoro” - “Metallurg” uchrashuvi oldidan “Buxoro”jamoasi katta murabbiyi Kamo Gazaro bo'lajak o'yin, shuningdek, jamoalar o'rinbosarlar o'rtasidagi uchrashuv (1-1) to'g'risida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Ertangi o'yin juda ham qiyin bo'ladi. “Metallurg” o'yinni boshqara olishi, jamoaviy bir-birini tushuna olishi jihatidan “Paxtakor”, “Nasaf” singari jamoalardan aslo qolishmaydi.

Raqiblarda yaxshi murabbiy, ajoyib ijrochilar bor. Buni ularning turnir jadvalidagi o'rni ham ko'rsatib turibdi. SHu bois biz ushbu o'yinda 90 minut hushyorlikni qo'ldan boy bermasligimiz, raqibning kamdan-kam kuzatiladigan xatolaridan unumli foydalanishimiz talab talab etiladi. Agar yutsak, turnir jadvalida ancha yuqorilaymiz. Yutqazsak ularni 4 ochkoga oldinga o'tkazamiz. SHuning uchun ertaga bizni faqat g'alaba qanoatlantiradi.

O'rinbosarlar uchrashuvi haqida nima deyishim mumkin? O'yin keskin to'qnashuvlar ostida kechdi. Butun o'yinda hujum qilgan bo'lsak-da, birgina qarshi hujumdan gol o'tkazib yubordik. Yaxshi hamki bolalar bundan tushkunlikka tushmay bosimni yanada oshirishdi. Bu esa so'nggi soniyalarda samarasini berib, hisobni tenglashtirdik.

O'rinbosarlar jamoasi hali yosh, tarkib ham yangi, deyarli har bir o'yinda o'zgarmoqda.CHunki bizda iqtidorlar ko'p. Futbol internati, tumanlardan ko'plab yoshlar kelishmoqda. Ularning imkoniyatlarini sinayapmiz. Har biriga turli o'yinlarda imkon beryapmiz.

Nasib qilsa, ikkinchi davrada bolalar yanada bir-birini tushunib o'ynashadi. O'shanda o'rinbosarlar jamoasida ham natijalar ko'zga tashlanadi, - deydi Kamo Gazarov.

"Buxoro" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика