Kamerun TJ azosi Zidanning 2006 yildagi natijasini takrorladi
03 dek 2022 08:25
Yangiliklar


Kamerun TJ azosi Zidanning 2006 yildagi natijasini takrorladi
JCH-2022 guruh bosqich oxirgi turida Kamerun terma Braziliya ustidan munimal g'alabaga erishdi – 1:0.
Uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylangan Vensan Abubakar 90+2 daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etganidan keyin, uni nishonlash uchun futbolkasini echdi va qoidagi ko'ra, bosh hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi. Bu Abubakar uchun bahsdagi ikkinchi sariq edi va u maydondan chetlatildi.
SHu tariqa, “Al Nassr” forvardi JCH-2006 dan beri musobaqaning bir o'yini davomida ham gol urib, ham qizil kartochka olgan ilk futbolchiga aylandi. Bu kabi natija oxirgi marta Zinedin Zidan tomonidan qayd etilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar