Kamen Xadjiev qoldirilgan o'yinda diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldimi?
17 iyu 2022 15:16
Yangiliklar


Kamen Xadjiev qoldirilgan o'yinda diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldimi?
Bugun Superligada 12-tur o'yinlari boshlanadi.
PFL doimgidek turdan oldin bo'lajak tur bahslarini o'tkazib yuboradigan futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Etiborlisi ro'yxatda "Paxtakor" himoyachisi, 4ta sariq kartochkasi bor bo'lgan Kamen Xadjiev yo'q.
Futbolchi 10-turdan o'rin olgan "Lokomotiv" bilan bahsda mavsumdagi to'rtinchi ogohlantirishini olgandi va keyingi turni o'tkazib yuborishi kerak edi. PFL 11-tur oldidan Xadjievni diskvalifikaciya qilinganini elon qilgandi. Biroq "Paxtakor"ning 11-turdan o'rin olgan "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvi nomalum muddatga qoldirilgandi.
SHunday ekan Xadjievning diskvalifikaciyasi keyingi, 12-turga o'tishi kerak.
O’xshash yangiliklar
15:10
Superliga. 15-tur diskvalifikaciyalari: "Bunyodkor", "Surxon" va "Buxoro"da yo'qotishlar mavjud 0
17:05
Superliga. 14-tur diskvalifikaciyalari: "So'g'diyona", "Navbahor" va "Surxon"da yo'qotishlar bor 1

Fikrlar