Kambodja terma jamoasi bosh murabbiyi "Vitess" bilan futbolchi sifatida shartnoma imzoladi
07 noy 2019 10:17
Yangiliklar
Kambodja terma jamoasi bosh murabbiyi "Vitess" bilan futbolchi sifatida shartnoma imzoladi
Yaponiyalik futbolchi Keysuke Xonda "Vitess" bilan shartnoma imzoladi.
Keysuke Xonda va "Vitess" o'rtasidagi imzolangan shartnoma mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
"Vitess"da hozirda futbolchiga begona bo'lmagan mutaxassis Leonid Sluckiy ishlamoqda. Keysuke 2010-2013 yillar davomida CSKAda o'ynagan payti aynan bosh murabbiy Sluckiy bo'lgan.
Xonda "Vitess" tarkibiga terma jamoaning tez orada bo'lib o'tadigan o'yinlaridan so'ng borib qo'shiladi.
"Vitess" 12 turdan so'ng Gollandiya chempionatida 5-o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Xonda bir vaqtning o'zida Kambodja terma jamoasi bosh murabbiyi ham sanaladi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar