Kamavinga Fransiya terma jamoasi tarixiga kirdi

8 okt 2020, 09:00
Eduardo o'z ishini boshladi.

Fransiya terma jamoasi o'rtoqlik o'yini doirasida Ukrainani 7:1 hisobida taslim qildi. Francuzlar safida gollardan biriga Eduardo Kamavinga mualliflik qildi. Natijada Kamavinga Fransiya termasi safida gol urgan tarixdagi ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Eduardo gol urgan vaqtida 17 yosh 11 oylik edi. Terma tarixidagi mutlaq rekord esa 1914 yil martida Shveytsariyaga 17 yosh 5 oyligida gol urgan Moris Gastigerga tegishli.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta