Kamavinga "Bavariya"ning transfer maqsadiga aylandi
11 fev 2021 17:38
Yangiliklar


Kamavinga "Bavariya"ning transfer maqsadiga aylandi
"Renn"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
Futbolchiga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda. Germaniya chempionlari Kamavingani yozda xarid qilishmoqchi. Myunxenliklar "Renn"ning o'yinchini shartnomasi tugayotgani bois sotib yuboradi deb hisoblamoqda.
Xavbekning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Oldinroq o'yinchiga "Real" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirgani aytilgan edi.
Eduardo joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar