Kaka: “Rojdestvogacha “Milan” safidagi 100-golimni urishga umid qilaman”
27 noy 2013 10:39
Yangiliklar


Kaka: “Rojdestvogacha “Milan” safidagi 100-golimni urishga umid qilaman”
“Milan” klubi yarim himoyachisi Kaka, CHempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida “Seltik”ga qarshi o'tkazilgan o'yin (3:0)da kiritgan goli xususida to'xtalib o'tdi.
“Muhim o'yinda muhim g'alabaga erishdik – biz juda baxtiyormiz. “Milan” safida 98 ta gol urishga erishdim, ammo Rojdestvogacha gollarim sonini 100 tagacha etkazishga umid qilaman.
Men ushbu jamoada o'ynaganimdan va o'zim xohlagan shaharda yashayotganimdan mamnunman”, - deydi Kaka.

Fikrlar