Kafu: "Neymar hali ham "Oltin to'p"ni yutishi mumkin. U hali ham dunyoning eng yaxshi uch o'yinchisidan biri"
25 mar 2022 17:16
Yangiliklar
Kafu: "Neymar hali ham "Oltin to'p"ni yutishi mumkin. U hali ham dunyoning eng yaxshi uch o'yinchisidan biri"
Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Kafu PSJ hujumchisi Neymar hali ham "Oltin to'p"ni yutishi mumkin deb hisoblaydi.
"Uni bunday holatda ko'rish dahshatli, sababi u ajoyib o'yinchi. Neymar hali ham "Oltin to'p"ni yutishi mumkin. U hali ham dunyoning eng yaxshi uch o'yinchisidan biridir", - deydi Kafu.
30 yoshli braziliyalik joriy mavsum PSJ tarkibida 21ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Uning Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar