Kafelnikov Glushakovga hujum qilgan muxlis hisobiga 10 ming rubl o'tkazib berdi
30 noy 2018 18:14
Yangiliklar
Kafelnikov Glushakovga hujum qilgan muxlis hisobiga 10 ming rubl o'tkazib berdi
Sobiq tennischi, "Spartak"ning mashhur muxlisi Evgeniy Kafelnikovning malum qilishicha, u "Spartak" - "Rapid" o'yinida maydonga tushgan muxlis Miroslav Golunov hisobiga pul o'tkazib beribdi.
Eslatib o'tamiz, Moskvada o'tgan Evropa ligasi o'yinida ishqiboz maydonga tushib, mezbonlar sardori Denis Glushakovga hujum qilishga urindi. Bir necha soniyadan so'ng Miroslav Golunov hibsga olindi va u 10 sutkani qamoqda o'tkazadigan bo'ldi. Muxlis 5 yil davomida futbol uchrashuvlarini stadiondan tomosha qila olmaydi.

Kafelnikov o'z "tvitteri"da Golunov hisobiga 10 ming rubl o'tkazganini tasdiqlovchi skrinshot yukladi.
Kafelnikov bungacha bir necha marta Glushakovni tanqid qilgan va "Spartak" sobiq ustozi Massimo Karrerani qo'llab-quvvatlagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar