So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  17 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  42 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  0 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  5 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  15 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Evgeniy Juk: "Bugun, aynan bugun mening ona shahrim Kiev 5 soat o'qqa tutildi" Yangiliklar

Evgeniy Juk: "Bugun, aynan bugun mening ona shahrim Kiev 5 soat o'qqa tutildi"

Futzal bo'yicha jahon chempionati 3-o'rin uchun Franciyaga qarshi o'yindan so'ng (7:1) Ukraina terma jamoasi azosi Evgeniy Juk saytimizga intervyu berdi.

"Franciyaga qarshi o'yin juda qiyin o'tdi. Garchi hisob yirik bo'lsa-da, bellashuv 4 yoki 5-golga qadar biz uchun juda qiyin o'tdi. Unga qadar natijani saqlab qolishga va vaziyatlardan unumli foydalanishga harakat qildik. 

Bu g'alaba bizdan ko'ra mamlakat uchun muhimroq. Bilasizmi, bugun, aynan bugun mening ona shahrim Kievda trevoga elon qilindi va shahar 5 soat davomida o'qqa tutildi. Ko'p portlashlar bo'ldi. Butun Ukraina raketalar va dronlar tahdidi ostida edi. Va bu nafaqat bugun, balki ikki yildan ortiq vaqtdan beri sodir bo'lmoqda. Yana bir bor takidlayman, mazkur g'alaba bizdan ko'ra mamlakat uchun muhimroq. CHunki biz hozir shunday vaziyatdamizki, oldingi safdagi jangchilarimizga ijobiy his-tuyg'ular kerak bo'ladi.

Jahon chempionati haqida taassurotlarimni so'z bilan ifodalay olmayman. Bu biz uchun aql bovar qilmaydigan jarayon. O'ylaymanki, mundialda nimalar qilganimizni anglagunimga qadar biroz vaqt kerak bo'ladi", dedi bugungi o'yindagi dubl muallifi.

Eslatib o'tamiz, Ukraina jahon chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritib, o'z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика