K-Liga. Ikrom Aliboev jarohatidan tiklanib, deyarli ikki oylik tanaffusdan so'ng "Kanvon" safida maydonga tushdi
02 iyu 2023 21:42
Yangiliklar


K-Liga. Ikrom Aliboev jarohatidan tiklanib, deyarli ikki oylik tanaffusdan so'ng "Kanvon" safida maydonga tushdi
Janubiy Koreya K-Ligasida harakat qilayotgan "Kanvon" futbolchisi Ikrom Aliboev sakkiz o'yinlik tanaffusdan so'ng maydonga tushdi. Futbolchi jarohati sabab jamoasiga yordam bera olmayotgandi. Ikrom Aliboev K-Liga 20-turidan o'rin olgan "Inchon"ga qarshi o'yinning 57-daqiqasida maydonga tushirildi. Malumot uchun, Aliboev bundan oldin 9 may kuni "Ulsan" jamoasiga qarshi o'yinda oxirgi marta maydonga tushgandi. Deyarli 2 oylik tanaffusdan so'ng u safga qaytdi. Ushbu uchrashuvda "Kanvon" kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi.
"Inchon" "Kanvon" 1:0
Incheon United Min-Seog Kim - 5' K-League 1 . 20-tur 02/07/2023, 17:00
Gangwon FC Stadion: Sungui Arena Park, 5076 tomoshabin
O’xshash yangiliklar

Fikrlar