Jyul Kunde: "ECHL talablariga javob bera olmadik"
27 okt 2022 23:41
Yangiliklar
Jyul Kunde: "ECHL talablariga javob bera olmadik"
Futbolchi ECHLdagi omadsiz ishtirok haqida gapirdi.
"Barselona" klubi himoyachisi Jyul Kunde klubning Evropa Ligasiga ravona bo'lgani haqida yozdi.
"Sizlar kabi "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyatdan va umuman guruhdagi ishtirokimizdan hafsalamiz pir bo'ldi. Afsuski, ECHL talablariga javob bera olmadik.
Ammo hali mavsum uzun, g'alabalar oldinda. Ular uchun harakat qilish kerak. Biz esa kurashni davom ettiramiz. Muxlislarga esa qo'llab-quvvatlaganlari uchun rahmat", -deb yozadi Jyul Kunde o'zining instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, kecha ECHL beshinchi turidan so'ng "Barselona"ning Evropa Ligasiga tushib ketishi aniq bo'lib ulgurdi.
Fikrlar