Junino Ronalduning yangi murabbiyini tanqid qildi
05 jan 2023 18:44
Yangiliklar
Junino Ronalduning yangi murabbiyini tanqid qildi
"Rudi Ronalduga qarshi hech narsa qilishga jurat eta olmaydi. Aksincha, kerak bo'lsa, Krishtianuga nonushtasini keltirib beradi. U Krishtianuning eng yaqin do'sti bo'lishga harakat qiladi. Buning uchun hamma narsani qiladi. Krishtianu Ronalduning do'sti bo'lish uning orzusi.
Rudi Garsiya bilan bo'lgan tajribam hayratlanarli edi. U men futbolchilik faoliyatim davomida uchratgan odamlar orasida eng yomon xarakterga ega shaxs. U munosabatlarda o'zi uchun qandaydir foyda keltirishi mumkin bo'lgan odamlarnigina hurmat qiladi.
Rudi Garsiya uchun jamoa qanchalik yaxshi o'ynashi muhim deb bo'lmaydi. Xuddi shunday futbolchilarning kiyinish xonasidagi kayfiyati ham unga qiziq emas. Jamoa inqirozga uchragan paytda ham, u uchun eng muhimi, diqqat markazida bo'lishdir. U har doim hamma narsadan maksimal darajada foyda chiqarishga urinadi. Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri, afsona va Rudi buni biladi", – dedi Junino.
Oldinroq Ronaldu diskvalifikaciya sabab yaqin orada "Al Nassr"da debyut qila olmasligi aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar