Joze Mourinyuni 2 ta o'yinga chetlatishdi, murabbiy esa bunga o'zgacha munosabat bildirdi
11 mar 2023 08:15
Yangiliklar
Joze Mourinyuni 2 ta o'yinga chetlatishdi, murabbiy esa bunga o'zgacha munosabat bildirdi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu hakamlar bilan bahslashgani uchun ikkita o'yinga chetlatildi.
A Seriya doirasida "Kremoneze"ga qarshi bahsdagi harakatlaridan so'ng (1:2) murabbiy chempionatning 2 ta o'yiniga chetlatildi.
U "Sassuolo" va "Lacio"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Ushbu voqeadan so'ng "Roma" klubning xech bir azosi OAV bilan muloqot qilmasligini malum qildi.
Murabbiyning o'zi esa diskvalifikaciyadan so'ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga hibsga olingandagi holatda turgandek surat joylashtirdi. Ushbu post reklama xarakterida bo'lganligiga qaramay, italyan OAVlari rasmda Mourinyu hakamlar qaroriga mana shu tarzda munosabat bildirganini aytishmoqda.
Fikrlar