So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Joze Mourinyu: "Himoyada juda oddiy va qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik" Yangiliklar

Joze Mourinyu: "Himoyada juda oddiy va qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik"

Teglar :  Joze Mourinyu
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "CHelsi"dan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumanida o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.


- Uchrashuv debyuti biz uchun yomon boshlandi. SHunga qaramay biz hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatga ega bo'lgandik, ammo buni uddalay olmadik. Keyin esa himoyadagi navbatdagi xato gol bilan yakunlandi. Juda oddiy xatolarimiz evaziga gol qo'yvordik. Bu kabi vaziyatlarda gol o'tkazib yuborish yaramaydi.

Biz Londonga hujumkor futbol ko'rsatish uchun tashrif buyurgandik. Dastlabki goldan so'ng ochiq futbol ko'rsatish niyatimiz borligini namoyish etdik. Ammo qarshi hujumlarda o'z darvozamizdan ketma-ket gollar qo'yib yubordik. Agarda hisobni 1:2 qilolganimizda bahs butkul boshqacha scenariy ostida davom etgan bo'lardi.

Futbolda hech narsa qilmasdan raqibga tashabbusni topshirib qo'yish mumkin. Bugun shu holat ruy berdi.
Himoyada juda g'alati xatolarga yo'l qo'ydik, individual xatolar ham ancha ko'p bo'ldi. "CHelsi" esa bu xatolarimiz uchun bizni kechirmadi.

Peshqadam jamoadan 6 ochko ortda qolyapmiz. O'rtadagi farqni qisqartirishimiz uchun g'alabalar zarur. Bu esa oson qo'lga kiritilmaydi. Biz oxirgi 3ta o'yinda jamg'arishimiz kerak bo'lgan 9 ochko o'rniga 2 ochko egasiga aylandik.

"CHelsi" muxlislari meni yaxshi kutib olishdi. Ular o'zlarini odatdagidek tutishdi. Boshqacha bo'lishini kutmagandim ham.

Kontening qulog'iga nima deb pichirladim? Bu unga tegishli gaplar edi, sizlarga emas.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика