Joze Mourinyu Evropa ligasi finalidan keyingi harakatlari uchun UEFA tomonidan 4 ta o'yinga chetlatildi
21 iyu 2023 20:55
Yangiliklar
Joze Mourinyu Evropa ligasi finalidan keyingi harakatlari uchun UEFA tomonidan 4 ta o'yinga chetlatildi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu UEFA tasnifidagi musobalardan to'rtta o'yinga chetlatildi. UEFA tashkiloti bu qarorga Jozening Evropa Ligasi finalidan so'ng uchrashuvni boshqarib borgan hakamning yoniga borib, nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun kelgan.
Bundan tashqari, Mourinyuga 50 ming evro jarima ham solindi. "Roma" klubi esa o'zining evrokuboklardagi dastlabki uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazadi. Bunga esa rimlik muxlislarning finalda pirotexnika vositalaridan foydalangani sabab bo'lgan.
Malumot uchun, Evropa ligasi final uchrashuvi yakunlanganidan keyin Mourinyu "Pushkash Arena"ning avtoturargohida bosh hakam Entoni Teylorni bir qancha so'zlar bilan haqorat qilgandi.
Matbuot anjumanida ham murabbiy hakamning tomorqasiga tosh otib qo'ygan: "Hakam ispaniyalik bo'lib chiqdi. U ECHLga qaytib, shu ishini davom ettiraversin, Evropa ligasini tinch qo'ysin", - degan.
Fikrlar