Joze Mourino: Tinchgina zaxira o'rindig'ida o'tiribman, hissiyotlarimni ko'rsatmayapman
15 dek 2016 09:40
Yangiliklar
Joze Mourino: Tinchgina zaxira o'rindig'ida o'tiribman, hissiyotlarimni ko'rsatmayapman
Qiyin lekin haqli g'alabaga erishdik. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik. Ikkinchi bo'limda raqib hisobni tenglashtirdi, shundan so'ng mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatdik.
20 daqiqa ichida bizni to'xtatib bo'lmadi. Runining zarbasidan so'ng raqib posboni ajoyib seyv qildi, ammo keyin Mata gol urdi, penalti bilan vaziyat bahsli edi. Jamoamning o'tkazib yuborilgan golga bo'lgan munosabati yoqdi.
Ibragimovich ajoyib o'yin o'tkazdi. Gol urganidan so'ng u himoyachilarga yordam berdi. 35 yoshli futbolchi uchun qoyilmaqom o'yin.
Men tinchgina zaxira o'rindig'ida o'tiribman, hissiyotlarimni ko'rsatmayapman. G'alabadan xursandman, agar yutmaganimizda ham o'yinimizdan qoniqqan bo'lardim, – deydi Mourino.
Hissiyotsiz Mourino
Hissiyotli Mourino
Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia
Fikrlar