Joze Mourino: "Sanches baxtli emasligini har doim his qilganman"
13 sen 2019 21:50
Yangiliklar


Joze Mourino: "Sanches baxtli emasligini har doim his qilganman"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino "Inter"da o'ynayotgan yarim himoyachi Aleksis Sanches haqida fikr bildirib o'tdi.
"Sanches... U baxtli inson bo'lmaganini his qilib turganman. Istalgan ishda yuqori darajani ko'rsatib bo'lmaydi, agarda sen baxtli va xursand bo'lmasang.
Balki, men nohaqdirman. Undan maksimal darajada foydalana olmagan bo'lishim ham mumkin. Murabbiy sifatida siz o'yinchilardan kerakli paytda foydalana olasiz, bazida esa bu yondashuv ish bermaydi.
Ammo, aslida Sanches baxtli emasligini har doim his qilganman. Umid qilamanki, Italiyada u o'zini o'nglab oladi va muvaffaqiyat qozonadi. Har bir o'yinchiga doim eng yaxshi narsalarni tilayman", – deydi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar