Joze Mourino: "Reshford muxlislarning noroziligidan rohat olishni o'rganishi kerak"
21 avg 2017 21:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/273080_original.jpg)
![](/upload/storage/273080_220.jpg)
Joze Mourino: "Reshford muxlislarning noroziligidan rohat olishni o'rganishi kerak"
Muxlislarning fikricha, bu jamoalarning aprel oyida "Old Trafford"dagi o'yinida (1:1) 19 yoshli futbolchi penalti ishlash uchun simulyaciya qilgan.
"O'ylashimcha, u bundan rohat olishni o'rganishi kerak. Agar u yomon o'yinchi bo'lganida hech kim uning jig'iga tegishga urinmagan bo'lardi. Ular Reshford qanchalik tez va xavfli o'yinchi ekanligini ko'rishdi va uni muvozanatdan chiqarish mumkin deb o'ylashdi.
Agar, u zaxirada qolganida va oxirgi 15-20 daqiqada maydonga tushganida bo'sh hududlar ko'p bo'lardi, ana unda Markus qolganlardan yomon bo'lmagan bo'lar edi.
O'ylashimcha, unga adaptaciya kerak. Axir u angliz yigiti, ularning milliy terma jamoasida o'ynaydi. Oy, kechirasizlar, axir ular ("Suonsi" muxlislari) uelslik-ku", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar