Joze Mourinyo: MYU futbolchilari xuddi men kabi o'ylashni boshlashdi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2016, 08:50
Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyo Uiganga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Juda baxtliman, albatta natija u qadar muhim emas, ammo doim yoqimli. Mashg'ulotlarda qo'llagan bir qator holatlarni o'yinda sinab ko'rdik.

Atiga 10 kun shug'ullandik, shu bois u qadar keskin o'yin bo'lmadi. Futbolchilar xuddi men kabi o'ylashni boshlashganini ko'rib turibman. Bu quvontirdi, - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manutd.com