Joze Mourino: "Lingard va Aleksis o'yinga tayyor"
03 noy 2018 00:43
Yangiliklar
Joze Mourino: "Lingard va Aleksis o'yinga tayyor"
Joze Mourino APL 11-turi oldidan jarohat olgan "MYU" futbolchilarining holati haqida aytib o'tdi.
"Antonio Valensiya? Uni trenajyor zalida shug'ullangani sababi, Valensiyada jarohat bor va jamoa bilan mashg'ulot o'tkaza olmaydi. Antonioni ertangi bahsga qo'ya olmayman. U hali tayyor emas. Dalot va Fellayni ham safdan chiqqan. Lingard va Aleksis Sanchez esa maydonga tushishadi".
Ajoyib hafta bo'lmoqda. Biz taktik jihatdan bir qancha variantlarni ko'rib chiqdik. O'z imkoniyatini ko'rsata olmayotgan futbolchilarimiz bor. Ularning o'yini chiqishi uchun harakat qilmoqdamiz. Lingard va Aleksisni nazarda tutyapman. SHogirdlarim kayfiyati yaxshi va ajoyib muhit hukmron", - deya Mourino fikr bildirdi "Bornmut"ga qarshi o'yin oldidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar