​Joze Mourinyo: "Lingard va Aleksis o'yinga tayyor"

3 noya 2018, 00:43
Joze Mourinyo APL 11-turi oldidan jarohat olgan "MYU" futbolchilarining holati haqida aytib o'tdi.

"Antonio Valensiya? Uni trenajyor zalida shug'ullangani sababi, Valensiyada jarohat bor va jamoa bilan mashg'ulot o'tkaza olmaydi. Antonioni ertangi bahsga qo'ya olmayman. U hali tayyor emas. Dalot va Fellayni ham safdan chiqqan. Lingard va Aleksis Sanchez esa maydonga tushishadi".


Ajoyib hafta bo'lmoqda. Biz taktik jihatdan bir qancha variantlarni ko'rib chiqdik. O'z imkoniyatini ko'rsata olmayotgan futbolchilarimiz bor. Ularning o'yini chiqishi uchun harakat qilmoqdamiz. Lingard va Aleksisni nazarda tutyapman. Shogirdlarim kayfiyati yaxshi va ajoyib muhit hukmron", - deya Mourinyo fikr bildirdi "Bornmut"ga qarshi o'yin oldidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: manutd.com