Joze Mourino: "Himoya markazida uch futbolchi qoldi. Ter to'kib shug'ullanyapman, men ham u erda o'ynashim mumkin"
29 apr 2017 13:14
Yangiliklar
Joze Mourino: "Himoya markazida uch futbolchi qoldi. Ter to'kib shug'ullanyapman, men ham u erda o'ynashim mumkin"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino "Suonsi"Ga qarshi bahs oldidan tarkibdagi muammolar haqida gapirdi.
"Pogba "Selta"ga qarshi bahsgacha safga qaytadi. Omadimiz kelmayapti. Pol va Valensiya tomonidan olingan engil jarohatlar charchoq bilan bog'liq.
Himoya markazida Tuanzebe, Bayi va Blind qoldi. Erik va Deyli "Manchester Siti"ga qarshi bahda yaxshi o'ynashdi. Yigitlardan o'zini qanday his qilayotganini so'rashim kerak.
O'zim ham zalda ter to'kib shug'ullanayapman, yana bir variant sifatida maydonga tushishim mumkin. Mourino-Tuanzebe dueti!
Juda qiyin vaziyatdamiz. Bir uchrashuvda Roxo va Ibragimovich jarohat olishdi. Bu futbol tarixidagi o'zgacha voqealar safiga kirishi kerak. Bungacha yana shunday vaziyat bo'lgan. Smolling va Jons Angliya terma jamoasida shikastlanishdi" - deydi Mourino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar