Jota JCHni o'tkazib yuborishi haqida: "Orzularimdan biri oxirgi pallalarda barbor bo'ldi"
19 okt 2022 00:59
Yangiliklar
Jota JCHni o'tkazib yuborishi haqida: "Orzularimdan biri oxirgi pallalarda barbor bo'ldi"
Avvalroq, futbolchining Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi aniq bo'lgandi.
"Liverpul" klubi va Portugaliya terma jamoasi azosi Diogu Jota Qatarda o'tkaziladigan Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi haqida fikr bildirdi. Malumot uchun, futbolchi "Man Siti"ga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni zambilda tark etgandi.
"Enfild"dagi shunday ajoyib oqshom men uchun qayg'uli yakunlandi. Orzularimdan biri oxirgi pallalarda barbor bo'ldi.
Men klubim va terma jamoamga muxlislik qilaman. Tezroq qaytish uchun kurashaman. You'll Never Walk Alone", -deb yozadi Diogu Jota o'zining tvitter sahifasida.
Fikrlar