Jorjo Kellini dunyoning eng yaxshi himoyachisi kim ekanligini aytdi
20 fev 2019 17:12
Yangiliklar
Jorjo Kellini dunyoning eng yaxshi himoyachisi kim ekanligini aytdi
“Yuventus” sardori Jorjo Kellini Daily Mail'ga bergan intervyusida dunyoning eng yaxshi himoyachisi Serxio Ramos ekanligini bildirdi.
“Men o'zimni jahonning eng yaxshi himoyachisi deb hisoblamayman. Ayni vaqtda bu nomga eng munosibi Serxio Ramosdir. Uni nafaqat maydonda balki uning tashqarisida ham etakchi deb bilaman. Ramos deyarli xatoga yo'l qo'ymaydi. To'g'ri bazida adashishi mumkin, sababi, barcha xato qiladi. Ramos ikkala jamoaning o'yiniga tasir o'tkaza oladigan futbolchilar qatoriga kiradi”, - deydi Kellini.
“Real” sardori UEFAning yil terma jamoasidan etti marta (2008, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2018) joy olgan bo'lib, o'tgan mavsum natijalariga ko'ra Evropaning eng yaxshi himoyachisi nomiga sazovor bo'lgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar