So’nggi yangiliklar

19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  9 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  4 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  105

Joriy yilda faoliyatida ilk bor legionerga aylangan Oleg Zoteevni tabriklaymiz Yangiliklar

Joriy yilda faoliyatida ilk bor legionerga aylangan Oleg Zoteevni tabriklaymiz

Bugun o'zbekistonlik futbolchi Oleg Zoteev tavallud kunini nishonlamoqda.

Mahoratli yarim himoyachi, ayni paytda "CHonnam Dragons" jamoasi azosi Oleg Zoteev 31 yoshni qarshi oldi. 

Millionlar o'yinidagi ilk qadamlarni "Paxtakor" jamoasida tashlagan Zoteev proffessional futbolchi sifatida "Olmaliq"(hozirgi AGMK) jamoasidagi o'yinlari orqali tanildi. Igor SHkvirin qo'l ostida o'z o'yinini topdi va jamoaning muhim futbolchisiga aylandi. Qaysidir manoda Zoteevni SHkvirin kashf qildi desak mubolag'a bo'lmaydi. U olmaliqdagi faoliyati davomida olimpiya va milliy terma jamoaga chaqirildi. O'ng qanotdagi ishonchli harakatlari va tezkor reydlari Vadim Abramovning etiborini tortdi. Terma jamoada murabbiy o'zgarganiga qaramasdan muntazam ravishda taklif etilib bordi. 2013 yilda uning hayotida tub burilish yasaydigan voqea yuz berdi. Moliyaviy tomondan baquvvat bo'lgan, Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi "Bunyodkor" jamoasiga ko'chib o'tdi. 



"Qaldirg'ochlar" safida o'tkazgan ikki mavsumida u jami 50ga yaqin uchrashuvda maydonga tushdi va 10 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilishni uddasidan chiqdi. 2015 yilda "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramovning taklifiga ko'ra "temiryo'lchilar"ning futbolchisiga aylandi. Ushbu jamoadagi besh yillik faoliyati davomida O'zbekiston chempioni, kubogi va Superkubogida g'olib chiqdi. 2016 yil jamoa bilan birgalikda OCHL yarim final ostonasigacha etib bordi. Umuman olganda sermahsullik ko'rsata oldi deyishimiz mumkin. Joriy yilda faoliyatida birinchi marotaba legioner maqomini oldi va Janubiy Koreyaning "CHonnam Dragons" klubi bilan shartnoma imzoladi. 

Saytimiz nomidan Oleg Zoteevga sog'lik va salomatlik, faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz! 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика