Jo'rabekov "So'g'diyona"dan ketdi
22 noy 2022 21:48
Yangiliklar


Jo'rabekov "So'g'diyona"dan ketdi
SHahboz Jo'rabekov instagramdagi sahifasi orqali Jizzax klubiga tashakkur aytib, jamoani tark etganini malum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda uning "Navbahor" bilan 2 yillik shartnoma imzolagani aytilmoqda. Saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev bu borada futbolchining o'zidan izoh so'radi.
"Hozircha barchasi mish-mish. Hech qaysi klub bilan bitim imzolaganim yo'q", — deydi 25 yoshli himoyachi.
Malumot uchun, SHahboz Jo'rabekov ortda qolgan mavsumda "So'g'diyona" sharafini 36 uchrashuvda himoya qildi. U o'z nomiga 4 gol, 5ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar