Jon Terri: “Terma jamoada yuz marta o'ynashni maqsad qilgandim”
14 dek 2015 23:35
Yangiliklar
Jon Terri: “Terma jamoada yuz marta o'ynashni maqsad qilgandim”
U futbolchilardan intervyu olib, ularni muxlislar etiboriga havola qilmoqda. Karrager bir necha kun avval 35 yoshni qarshilagan “CHelsi” sardori Jon Terri bilan suhbatlashdi. Suhbatda Terrining futbolchilik faoliyati va kelajagi xususida gap bordi.
-“Jon Terri - Premer-liganing barcha paytlardagi eng yaxshi himoyachisi”. Bu gapni kim aytgan?
- Onam bo'lsa kerak.
- Yo'q, bu men edim. 2005 yilga qaytamiz. Sen futbolchilar ovoziga ko'ra, eng yaxshi futbolchi deb topilgansan. O'shanda Stiv bilan senga ovoz bergandik. Terma jamoaga borganda buni bilib, hayratlanganding. Bu chin dildan bo'lganmidi?
-Ha, albatta. Ajoyib bo'lgandi. PFAdan Bobbi Barnsga qo'ng'iroq qilib, aniqlashtirgandim. U ko'p ovoz olib, sovrin uchun kurashayotganimni aytgandi. Lekin yutish haqida o'ylamagandim. Himoyachi sifatida mengacha Pol MakGrat (1993) va Gari Pallister (1992) unga ega chiqishgandi. O'shanda oyog'im barmog'i bilan muammo bor edi. Yutishga imkoning bo'lsa, taqdirlash marosimiga borishga tayyor turishing kerak. O'shanda Bobbidan yutgan-yutmaganimni aytishni so'ragandim, chunki oyoq kiyimi kiya olmasdim. Mashg'ulot va o'yindan oldin ukol qilishardi. O'sha oqshom shifokor kelib, ukol qildi va jarayon 3 soat davom etdi. Keyin tufli kiydim va marosimga yo'l oldim. Sahnadan tushganimda dorining tasiri tugagandi va darhol ketishim kerakligini his qilgandim.
- Seni futbolchi sifatida hurmat qilardim, biroq “Liverpul”da biz “CHelsi”ga toqat qila olmasdik. Sizlarda ham shundaymidi? Faoliyatimda 45 bor “CHelsi”ga qarshi o'ynaganman va ularning barchasida sen bor eding.
-Har safar biz kurashish kerakligini bilardik. Qarama-qarshilik muxlislarni xursand qilardi, bizga sen va Stiviga qarshi kurashish yoqardi. Bu ajoyib kechgan. 2005 yil CHempionlar ligasidagi yarim finalni olaylik. Biz turnir jadvalida 30 ochko ilgarilab ketgandik. Biz sizlarni yutib tashlashimiz kerak edi, biroq “Liverpul” tashna edi, bu kurashish hissi edi. Muxlislar, intilish, sen, Stivi. Bu hamma narsa edi.
-O'sha oqshomdan nimani eslaysan? Luis Garsiyaning g'alati goli, yana...
- Qanday gol?
-Fantom gol. Birinchi o'yindan keyin sizlarga qaradim va qancha kuch berganingizni bilganman. Har bir uchrashuvimiz 0:0 yoki 1:0 hisobida yakunlanardi. Himoyachi sifatida meni kimdir aldab o'tsa, barchasi tamom deb o'ylardim.
- Bunday lahzalarni hech qachon unutmaysan. Lekin bizlarda asabiylashish yarim himoyachi yoki hujumchilarga qaraganda kamroq deb o'ylaysanmi? Himoyachi ruhan ham kuchli bo'lmog'i lozim. 2-3 o'yin ketma-ket o'ynab, golda aybdor bo'lishing mumkin. Yarim himoyachi futbolchisini yo'qotib qo'ysa, bu haqida hech kim o'ylamaydi, to'g'rimi? Himoya markazida raqibingni yo'qotsang, ayb senda.
-Bunday o'yinlarda etibor va keskinlik darajasi. O'sha paytda bu to'g'rida o'ylamaysan. Hozir ortga boqib: “CHelsi”? CHempionlar ligasi yarim finali?
- Rafa sizlarni o'yinga qanday tayyorlaganini tasavvur qilishim mumkin. Tayyorgarlik bir xil kechgandi. O'yindan keyin deyarli tamom bo'lganding, shundaymi? Qismlarga bo'linib ketgansan.
- Menimcha, biz sizlarga qarshi sizning uslubda o'ynaganimiz sababli mag'lub etganmiz. “Arsenal”va“Manchester Yunayted” sizlar bilan futbol o'ynashga intilgandi. Biz bunga harakat ham qilmaganmiz, kuchimiz etmasdi. Biz Krauch yoki Kuytga havodan to'p oshirganmiz, ularni Eshli Koul pressing qilgandi.
- Kuyt o'sha o'yinlarda qanday yaxshi o'ynagan. Bazi haftalarda uni ko'rib boshqacha o'ylaysan. Lekin u bizga qarshi saviyasidan yuqoriroq o'ynagan, xuddi boshqa futbolchilar singari.
- Angliya terma jamoasidagi faoliyating haqida qanday o'ylaysan?
- Barchasi tamom bo'lgan holatgacha hammasi yoqqan. Bu meni ranjitgan. Terma jamoa uchun 78 marta o'ynaganimdan g'ururlanaman. Ikki marta sardor bo'lganman. Bu futbolda eng katta faxr. Buni har bir bola istaydi. Yakundan ranjiganman. SHunchaki ketaman deb o'ylamaganman. Etarli bo'lishi uchun qandaydir boshqacha hodisa ro'y berishi kerak edi. Terma jamoa uchun 50, 60, keyin 70 uchrashuv o'tkazasan. Maqsadim 100-o'yinda o'ynash edi. Eng ko'p xohlagan narsam. Dastlab Angliya uchun maydonga tushish, ikkinchisi sardor bo'lish va so'ng 100 bahsda qatnashish. Hozir o'yinlarni ko'rganimda bu meni tamom qiladi. Safarlarsiz zerikmayman. Vaqtimni bolalar bilan o'tkazishim mumkin. Oilam bilan birga bo'lish uchun bir necha dam olish kunlariga ega bo'laman. Lekin Angliyaning o'yinini ko'rganimda o'ynashim mumkinligini bilaman. O'tgan yoz u bilan bo'lishim mumkin edi.
- Fabio Kapello 2012 yil terma jamoani FA sendan sardorlik bog'ichini olib qo'ygani tufayli tark etgan. Haligacha u bilan suhbatlashib turasizlarmi?
- Hamon aloqani saqlab qolganmiz. Men sardor bo'lganimda u bilan bir-birimizni bunday tushunmasdik. Bilasan, u qattiqqo'l. Ammo hamon suhbatlashamiz, bir-birimizga xabarlar yo'llaymiz. Bu ajoyib. U meni himoya qilishga kirishganda bu men uchun ko'p narsani bildirgandi. Angliyaga borimni berdim. 2004 yil terma jamoa bilan Portugaliyada bo'lib, farzandlarim tug'ilishini o'tkazib yuborganman. Hayotimdagi eng yaxshi kunni o'tkazib yubordim. SHu sababli barchasi qanday tugagani meni xafa qiladi. Angliya uchun o'ynash eng yaxshi narsa edi.
- Bunga qanday dosh berding? Odamlar Angliyaning eng yaxshi markaziy himoyachisi o'ynashi lozimligini gapirganda. Yoki hammasiga qo'l siltadingmi?
- SHunday. Miyamda nimadir o'ynashda davom etishim va ularga ko'rsatib qo'yishim kerakligini aytardi. Bu taslim bo'lmaslik kerakligidan bir parcha edi. SHu sababli terma jamoada o'ynaganimda hech qachon ketishim to'g'risida gapirmaganman. Futbolchi sifatida barchasini boshdan kechirsang – safarlarda bo'lib, ukol yordamida o'ynasang, bunday voqea hafsalangni pir qiladi. Ichimdagi jangchi qaytishim va 100 uchrashuvda maydonga tushishim haqida aytardi. Ular hech qachon sardor bo'lmasligimni aytishdi, lekin 100-o'yinda tushsam, bog'ich menda bo'lardi.
- Ushbu mavsumda “CHelsi”ning yana ustunlik qilishini kutgandim. SHuning uchun sodir bo'lgan voqealar haqiqiy shok tuhfa etdi. Odamlar Jozening jamoasi bunday muvaffaqiyatsiz o'ynayotganiga ishongilari kelmayapti.
- O'tgan yili jda yaxshi o'ynagandik, raqiblar qo'lini tushirib o'tirishgandi. Lekin joriy mavsum ikki mag'lubiyatimizdan keyin barcha jamoalar kurashish mumkinligini tushunishdi. Sen yana yutqazasan va ruhiy tayyorgarlik o'zgaradi. Jamoalar kelib, senga chaqiruv tashlashadi.
-“Manchester Siti” bilan o'yin tanaffusida seni almashtirishdi. Bunga qanday munosabat bildirasan?
-Buni sen xotirjam qabul qilasan. Men esa bo'layotgan voqeadan shokda edim. Lekin bunga qo'shildim va ikkinchi bo'limni ko'rishga yo'l oldim. Menda shunday xarakter bor, ertasi kuni hammaga ko'rsatib qo'yishni maqsad qilaman. Xafa bo'lib, kiyinish xonasida o'tirmayman. Faoliyatimda muammolarga duch kelgan holda g'alabalarga erishdim. SHunday qildim va ertami-kechmi u meni tarkibga qaytarishini bilardim.
- Qandaydir shubhaga bordingmi?
-Albatta. Birinchi turda “Suonsi”ga qarshi yaxshi o'ynadim deb o'ylayman. “Siti” bilan 45 daqiqa Agueroga qarshi asabiylashdim. U jahonning eng kuchli hujumchilaridan biri. Lekin men u bilan o'ynagan avvalgi 7-8 uchrashuvga etibor qilsak, Agueroda birorta imkoniyat bo'lmagandi. Balki, shunday o'ynashim kerak edi. O'zingga bo'lgan ishonchni yo'qotasan. Yillar o'tishi bilan tanqidga ko'proq quloq tutadigan bo'lasan.
- Odamlar Terrining oldingidek o'ynamayotganini gapirishmoqda. Oyoqlaring tez emas ekan. Lekin senda doim shunday bo'lgan. Menda ham.
- Biroq buni efirda aytib, isbotlab bera olmaysan. Sen o'ynagansan va buning qandayligini bilasan. Oyoqlaring hamon avvalgidek ekanini his qilasan. Tiklanishga sal ko'proq vaqt sarflaysan, lekin o'ynashga tayyor bo'lasan. Men hech qachon tez o'yinchi bo'lmaganman.
- Tarkibda joying kafolatlanmaganiga ko'nikish qiyinmi?
- Markaziy himoyachilar uchun hammasi boshqacha. Yarim himoyachi o'yinni o'tkazib yuborib, keyin qaytishi mumkin. Markaziy himoyachi esa o'ynaydi yoki yo'q.
-SHunday. Markaziy himoyachi almashtirilmaydi yoki zaxiradan tushmaydi. Kenni qo'l ostida tarkibda tushmaganimda oylab o'ynamasligim haqida o'ylardim. Lekin jamoa bu mavsumda yomon o'ynayapti. Klubda nimalar o'zgardi?
- O'zgarishlar yo'q. CHempionat jadvali nimadir o'zgarganini aytgandek, lekin bunday emas. Nima joyida emasligini qidirsang, topib olasan. O'yindan keyin millionta muammo topsa bo'ladi. Men shunday degan bo'lardim: “Yomon natija, yashashda davom etamiz”. Faoliyatimda tahlilga jiddiy etibor qilib, hech narsa topmagan murabbiylar bo'lgan. Bazilar standart vaziyatdan gol o'tkazib yuborsang, burchak zarbasida ishlanadigan 20 kombinaciya bilan mashq qilish kerak deb hisoblaydi. Bu hech qanday foyda bermaydi. Aksincha, bu zararli. Bu odamni hayajonga soladi. SHu sababli Mourino davom etishimizni takidlaydi. Jamoa saviyasi avvalgidek, barchasi yaxshi.
- Yagona o'zgarish – murabbiyni bo'shatishmadi.
- Uning barqarorligi klub taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Klub u bizni oldinga boshlashiga ishondi. U buni amalga oshirmoqda. Bu tarkib o'tgan yili chempionatni yutgan. Omadsiz davr. Judayam. CHo'qqida ko'p turib qolsang, bu halokatdek tuyuladi. O'yindan keyin dam olish yoki omma oldida yurishni xohlamaysan.
- SHartnomang yozda tugaydi. “CHelsi” taklif bildirmasa, nima qilishingni bilasanmi? Yoki nima bo'lishini kutasanmi?
- Kutaman. Ayni paytda bilmayman. Katta bo'lsang, o'ylashni boshlaysan. Hozir murabbiylik licenziyasini olyapman. Televidenie haqida o'ylayapman. “Sky”va“BT” uchun nimadir qilgandim. Avval futbolchilar har hafta o'ynamasligini tushunmasdim. Faoliyatimda birinchi marta asosiy tarkibdagi o'rnim kafolatlanmagan. Bu qancha davom etishini bilmayman. SHu bilan birga boshqa jamoa uchun o'ynay olishimni tasavvur qilolmayman. “CHelsi” – mening klubim. Bu erda 20 yildan beriman. Murabbiylik ishi haqida o'yladim. Agar boshqa jamoaga ketsam ham bu erda o'ynamayman.
- Angliyada o'ynamaysan, shundaymi?
- Yo'q. Har qanday holatda. Amerikada o'ynashim mumkin. Yana o'ynay olishimni sezyapman. Lekin oilang haqida ham o'ylaysan. Biror joyga borsang, biroq u erda o'xshamay qolsa-chi?
- 2000 yil aprelda “Nottingem Forest” uchun 6 uchrashuvda o'ynaganingdan afsuslanasanmi? Ularni “CHelsi” libosida o'tkazmagansan. O'sha o'yinlarsiz xuddi Maldini, Barezi, Giggz, Karrager kabi bo'la olarding. Faqat bir jamoada o'ynaganlar.
- Bu ajoyib hodisa bo'lgan. “CHelsi” o'shanda meni sotishni istagandi. Ular “Xaddersfild” bilan kelishgan. “Forest”dagi ijaradan keyin “Xaddersfild”ga jo'nashim kerak edi. Stiv Bryus bu klubga boshchilik qilardi. Janluka Vialli “CHelsi”da ishlardi va “Forest”dan Devid Plattni bilardi. O'sha bellashuvlarda o'zimdan yaxshi taassurot qoldirganman. “CHelsi” pul ishlab olmoqchi edi, biroq keyin meni sotishni istamagan. Qaytib, Angliya Kubogi finalida zaxirada o'tirganman.
- O'shandan beri klubni tark etishni yaqin kelganmisan?
- Yo'q. 2009 yil “Manchester Siti” men uchun 29 million funt taklif qilgan va “CHelsi” buni rad etgan. Abramovich bilan bu masala bo'yicha uchrashganman. Unga klub meni sotishni istasa, unday holda meni ko'rishni xohlamayotganini bildirishini aytganman. SHunda noiloj ketishimga to'g'ri kelardi. Taklif rad etilganda buni bilishim zarurligini takidlagandim.
- Suhbat yakunida “CHelsi”ning barcha paytlardagi tarkibini aniqlab bersang.
-Buni avval qilmaganman. 4-3-3 sxemasini tanlayman. CHex, Ivanovich, Karvalo, Eshli Koul, o'zim, Lempard, Drogba, Robben... Daff ham yaxshi bo'lgan, biroq bu poziciyaga Azarni tanlayman. Keyin Makelele va Zola. Burchak zarbasi paytida rasvo bo'lamiz, lekin qolgan paytda hammasi joyida bo'ladi.
Behzod NAZAROV tayyorladi.
Fikrlar