

Mazkur uchrashuvdan avval "Navbahor" yarim himoyachisi Yovan Jokich va "Paxtakor" yetakchisi Dragan Cheranning taxminlari bilan qiziqdik.
Yovan Jokich - Qiyin o'yin bo'ladi. Angliya musobaqaning eng yaxshi jamoasi. Mayli, 1:0 hisobida Serbiya g'alaba qozonadi. Serbiya himoyada mustahkam o'yin ko'rsatishiga ishonaman.
Dragan Cheran - Vaziyatga real qarash kerak. Raqib Angliya, taxminim 0:3. Guruh juda qiyin. Men muxlis sifatida hech qanday imkoniyat ko'rmayapman. Agarda aytganlarim teskari ro'y bersa faqat xursand bo'laman.



