So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   6 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Jo'jani kuzda sanaymiz. Aniqrog'i sentyabr oyida (mutolaa uchun) Yangiliklar

Jo'jani kuzda sanaymiz. Aniqrog'i sentyabr oyida (mutolaa uchun)

Kecha, iyun oyidagi FIFA kunlari o'z yakuniga etdi.

Keyingi FIFA kunlari sentyabr oyiga belgilangan. Biz sal oldinroqqa o'tib sentyabr, oktyabr va noyabr oyidagi FIFA kunlari haqida gaplashishga qaror qildik. Xuddi avgust singari sentyabr oyi ham juda tig'iz hisoblanadi.



BIRINCHI MASALA


Sentyabr oyida FIFA kunlari 4-12 oralig'ida ekan. 9 kunda terma jamoa bemalol ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkaza oladi. Lekin O'zbekiston terma jamoasi AQSH terma jamoasiga qarshi safarda o'yin o'tkazmoqchi. Xo'sh, milliy terma jamoa 4 sentyabrdan yig'inni boshlaydimi yoki xuddi iyun oyida bo'lgani kabi 5 kun avvalmi? Agar PFL taqvimiga qarasak Superliga 18-tur o'yinlari 29 avgustda tugaydi. Undan keyin 29 avgust - 3 sentyabr kunlariga O'zbekiston kubogi chorak final bahslari belgilangan. Bordiyu Katanec yana FIFA kunlaridan avvalroq terma jamoani yig'moqchi bo'lsa, kubok chorak final bahslari katta ehtimol bilan boshqa muddatga qoldiriladi.

PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev bu borada shunday dedi: "Katanec bilan so'nggi marta mavsumni qachon yakunlash masalasida suhbatlashdik va biz uning taklifini inobatga oldik. Srechkoning qo'lida bizning taqvim bo'yicha rejalarimiz bor, shundan kelib chiqib u grafik juda zich ekanligini tushunadi. Biz CAFA musobaqasi sabab 1ta turni to'liq ko'chirishga majbur bo'ldik. SHuningdek, mavsumni yakunlash masalasida ham milliy terma manfaatlaridan kelib chiqmoqdamiz. CHempionlar ligasi ham yana uy-safar tizimiga qaytyapti va undan katta ehtimol bilan 4 ta etakchi klubimiz ishtirok etadi. Liga rejasiga etibor qilinsa, bizda 2-3 sentyabr kunlari O'zbekiston kubogining 1/4 final uchrashuvlari belgilangan. Ishonamanki, terma sentyabrda FIFA kunlari start olgan sana yig'iladi".





IKKINCHI MASALA


6-12 sentyabr kunlari Osiyo qitasida kelgusi yil o'tkaziladigan U-23 Osiyo kubogi saralash o'yinlari bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi saralash o'yinlarini Toshkentda Afg'oniston, Gonkong va Eronga qarshi o'tkazadi. Bu o'yinlar to'lig'icha FIFA kunlariga mos kelgani uchun taqvim borasida hech qanday muammo bo'lmasligi kutilmoqda. Biroq Timur Kapadze ham Katanec singari muhim o'yinlardan avval terma jamoani barvaqtroq yig'moqchi bo'lsa-chi? Kapadze olimpiya terma jamoasini 4 sentyabrdan bemalol yig'a oladi, chunki FIFA kunlari boshlangan bo'ladi. Agar kubok chorak finaliga "Olimpik" chiqsa va uning o'yini avgust oxirlariga qo'yilsa balki sentyabr oyining boshidanoq yig'in boshlanishi mumkin. Lekin baribir legionerlar 4 sentyabrdan vaqtli kela olishmaydi. Barcha raqibni hurmat qilgan holda aytish mumkinki eng asosiy raqibimiz Eron. Bu jamoaga qarshi esa so'nggi turda, 12 sentyabr kuni o'ynaymiz. Yani dastlabki ikki bahs orqali ham forslarga qarshi tayyorgarlik qilib olish imkoniyati bo'ladi OTJda.

Bu masalada Diyor Imomxo'jaev shunday fikr bildirdi: "Saralash oldidan alohida yig'in o'tkazishga menimcha imkoniyat yo'q. Kapadze termaning asosi bilan har kuni birga ekani inobatga olinsa, bu katta muammo bo'lmasa kerak. Legioner futbolchilar esa baribir FIFA kunlarisiz uning ixtiyoriga etib kela olmaydi. Legioner futbolchilarsiz tarkib bu deyarli “Olimpik” degani. Kapadze ham grafikdan kelib chiqib, shunday o'ylayotgan bo'lsa kerak. Avgust "Nasaf", OKMK, "Paxtakor" va "Navbahor" uchun ajoyib oy hisoblanadi, shundan kelib chiqilsa, biror termani ertaroq yig'ib olish imkonsiz. Olimpiada saralashining Toshkentda va ayniqsa FIFA kunlarida o'tayotgani bizning katta yutug'imiz".

UCHINCHI MASALA

Eng og'riqli masala. 19 sentyabr - 7 oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida o'tgan yildan qoldirilgan Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Bu musobaqada ham Timur Kapadze boshchiligidagi U-23 terma jamoasi qatnashishi deyarli aniq. Bu muddat FIFA kunlariga kirmaydi va chempionat bahslari uchun ajratilgan. PFL Osiyo o'yinlari o'tadigan sanalarga 20 va 21-tur bahslarini, O'zbekiston kubogi yarim final o'yinlarini belgilagan. Bundan tashqari Osiyo chempionlar ligasining 1 va 2-tur o'yinlari ham shu muddatda o'tadi. Yani katta ehtimol bilan OCHLda ishtirok etadigan klublar o'z futbolchilari Osiyo o'yinlariga yuborishmaydi. Xo'sh, Osiyo o'yinlari tufayli "Olimpik" ishtirokidagi va balki boshqa klub ishtirokidagi o'yinlar qoldiriladimi?

PFL bosh direktori bu borada shunday javob berdi: "Timur Kapadze boshchiligidagi jamoa Osiyo o'yinlarida ham qatnashishga qaror qilgan bo'lsa, biz bu tanlovni hurmat qilamiz. Bunda “Olimpik” ham Superligani hurmat qilishi talab etiladi. Etibor berilsa, o'sha oraliqda “Olimpik” “Buxoro”, “Nasaf” va “Neftchi” bilan o'yinlarda ishtirok etishi kerak. Biz “Buxoro” va “Neftchi” bilan o'yinlar sanasini biroz o'zgartirish haqida o'ylab ko'rishimiz mumkin. Biroq “Nasaf” bilan o'yin haqida bunday deb bo'lmaydi. Qarshi jamoasi Osiyo o'yinlaridan ancha nufuzli bo'lgan CHempionlar ligasida ishtirok etadi, qolaversa, asosiy futbolchilari FIFA kunlarida bo'sh bo'lmaydi. SHundan kelib chiqilsa, Osiyo o'yinlaridan tushib qolgan tarkib katta ehtimol bilan ayrim bellashuvlarda qatnashishi lozim bo'ladi".

Bundan kelib chiqadiki katta ehtimol bilan "Olimpik" kamida "Nasaf"ga qarshi bahsni terma jamoaga olib ketilmagan futbolchilar bilan o'tkazishga majbur bo'ladi. Lekin boshqa tomondan reglamentda olimpiya terma jamoasiga 3 va undan ko'p futbolchi bergan klub o'z o'yinini boshqa muddatga qoldirishni so'rab murojaat qilish huquqiga ega ekan. Reglamentda MTJ va OTJ uchun FIFA kuni bo'lishi majburiy degan joyi yo'q.




TO'RTINCHI MASALA


Liga kubogi bahslari o'tkaziladimi? PFL taqvimiga etibor qilsak sentyabr, oktyabr va noyabr oylaridagi FIFA kunlariga Liga kubogi bahslari qo'yilgan. Agar musobaqa shu muddatlarda o'tkazilsa uning saviyasi qay darajada bo'larkin? Masalan, terma jamoaga o'z futbolchilarini qo'yib klublar tabiiyki Liga kubogida asosiy tarkib bilan o'ynay olmaydi. Bu narsa qo'shni davlat klublariga ham tegishli bo'ladi. Aytaylik, Tojikistoning "Istiqlol" klubi taklif etilsa uning o'zagi o'sha paytda Tojikiston milliy terma jamoasi ixtiyorida bo'ladi.

Diyor Imomxo'jaev Liga kubogi haqida shunday dedi: "Liga kubogini boshlab olish qiyin bo'lyapti. Bu yil FIFA kunlarini tanlab olganimizning sababi shundaki, o'sha "Paxtakor", "Navbahor", "Nasaf" kabi jamoalar asosiy futbolchilarsiz ham baribir o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etadi va shunda ham ular har qanday jamoa uchun munosib raqib bo'la oladi. Qolgan klublarda esa imkoniyat yuqoriroq bo'ladi. Biz mavsum davomidagi o'yinlar soni kam ekanligini shu orqali qisman bartaraf etish, keyingi pog'onalardagi jamoalarga ham sovrin yutish uchun real imkoniyatlar hosil qilish, asosiy jamoalar panada qolayotgan futbolchilariga imkoniyat berishini reja qilayotgandik. Aslini olganda FIFA kunlaridan boshqa sanalarda biz bo'sh joyning o'zi yo'q. Biroq aytishim kerakki, bizda Liga kubogi uchun qo'shimcha mablag' masalasida muammolar bor. SHundan kelib chiqilsa, katta ehtimol bilan 2024 yildan bu musobaqani boshlashimiz mumkin. Bu borada CAFA rahbariyati, Qirg'iziston va Tojikiston ligalari bilan fikr almashib bo'lganmiz. 2023 zich taqvim va haqiqiy futbol yili bo'lmoqda. Ishonamanki, 2024 va nihoyat Markaziy Osiyo futbol klublari ishtirokida ham musobaqaga start beramiz. Unga qadar Liga homiylari safi ham kengayishi mumkin".

Demak, faqat 2020 yilda o'tkazilgan Liga kubogi bahslari 2023 yilda ham o'tkazilmaydi. 2024 yilni kutamiz.

BESHINCHI MASALA

Noyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi uchun JCH-2026 saralashi boshlanadi. FIFA kunlari 13-21 noyabrga to'g'ri kelsa, saralash o'yinlari 16 va 21 noyabrga belgilangan. PFL taqvimiga ko'ra, Superliganing 25-turi 12 noyabr kuni tugaydi. Agar PFL terma jamoa o'zagini tashkil etadigan klublar o'yinini 10 noyabrga joylashtira olsa, balki Katanec maksimum 11 noyabrdan yig'inni boshlashi mumkin bo'lar. SHunda ham legionerlar baribir 13 noyabr va undan keyin terma jamoa ixtiyoriga etib kelishlarini yodda tutish zarur.

PFL bosh direktori bu masalaga qisqacha to'xtalib o'tdi: "Jahon chempionati saralashida butun dunyo terma jamoalari ishtirok etadi va ularning hammasi faqatgina FIFA kunlarida yig'iladi. Biz buni ongli ravishda to'g'ri qabul qilishimiz kerak".

OLTINCHI MASALA

Yanvar oyida Qatarda Osiyo kubogi bahslari start oladi. SHu bois Katanec milliy terma jamoa bilan dekabr oyida to'liq yig'in o'tkazmoqchi. Xo'sh, bu yilgi Superliga bahslari qachon tugaydi?

Diyor Imomxo'jaev bu savolga shunday javob berdi: "Superliganing so'nggi turi 25-26 noyabr sanalariga rejalashtirilgan, Srechko Katanec bilan ham shu haqda gaplashgandik. Bu orqali u terma azolariga bir necha kunlik dam berish va keyin ularni yig'ib, Osiyo kubogiga tayyorgarlik boshlash imkoniyatiga ega bo'ladi".

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика