Joel Kojo: "Osiyo kubogiga eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatish uchun kelganmiz"
17 jan 07:51
Yangiliklar
Joel Kojo: "Osiyo kubogiga eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatish uchun kelganmiz"
Osiyo kubogi "F" guruhining birinchi turidan o'rin olgan Tailand - Qirg'iz Respublikasi (2:0) uchrashuvidan so'ng, "Dinamo" klubi futbolchisi Joel Kojo Championat.asia saytiga flesh intervyu berdi.
- O'yin haqida nima deya olasiz?
- Bu futbol, hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz bu erga yaxshi futbol ko'rsatish uchun kelganmiz. Musobaqada bor kuchimiz bilan qatnashishiz kerak. Mag'lub bo'lganimizga qaramay, o'yin yaxshi bo'ldi, deya olaman.
- O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtirokini kuzatib boryapsizmi?
- Men Osiyo kubogida Qirg'iz Respublikasi sharafini himoya qilyapman. Bor etiborimni Qirg'iz Respublikasi terma jamoasiga qaratganman.
- Keyingi ikki o'yin haqida nimalar deya olasan? Oldinda ikkita kuchli raqib kutib turibdi...
- Raqibni farqi yo'q. Biz Osiyo kubogiga o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga kelganmiz. SHunday ekan, raqibning ahamiyati yo'q.
Fikrlar