Yoaxim Lyov: "Braziliyada eng muhimi iqlimga moslashishdir"
07 dek 2013 11:40
Yangiliklar


Yoaxim Lyov: "Braziliyada eng muhimi iqlimga moslashishdir"
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov JCH-2014 qurasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
– Qura natijalarini oddiy qabul qildim. Bizga oson guruh tushdi deya olmayman. Jahon chempionatida eng muhimi mahalliy iqlimga moslashib olish. Barcha raqiblar bizga tanish, Gana bilan o'tgan mundialda o'ynagandik, Evro-2012da Portugaliya bilan to'qnash kelgandik, AQSH bilan uchrashuv esa men uchun qiziqarli bo'ladi. Yurgen Klinsmann bilan anchadan buyon do'stmiz, - dedyi Lyov UEFA rasmiy saytiga.

Fikrlar