Joau Mariuga La Liganing ikki klubi qiziqmoqda
27 mar 2021 17:38
Yangiliklar
Joau Mariuga La Liganing ikki klubi qiziqmoqda
Transfer huquqi Milanning "Inter" klubiga tegishli portugaliyalik yarim himoyachi Joau Mariu faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
28 yoshli futbolchiga "Betis" va "Sevilya" klublari taklif bermoqchi. Mariu ayni damda ijara asosida "Sporting" (Lissabon)da o'ynamoqda.
Joau joriy mavsum Portugaliya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Futbolchining "Inter" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar