Joau Mariu Smolov bilan yana birga o'ynashi mumkin, ammo bu safar Ispaniyada
22 iyu 2020 13:04
Yangiliklar


Joau Mariu Smolov bilan yana birga o'ynashi mumkin, ammo bu safar Ispaniyada
Ijara asosida "Lokomotiv" (Moskva)da o'ynayotgan "Inter" xavbeki Joau Mariu faoliyatini "Selta"da davom ettirishi mumkin.
Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda. Mariu xizmatlarini "Selta"ga taklif qilgan. Takidlash kerakki, Joauning "Loko"dagi sobiq sherigi Fyodor Smolov ham aynan "Selta"da to'p tepmoqda.
Oldinroq, "Inter" "Marsel"ning Mariu borasida 12 million evrolik taklifiga rad javobini berdi.
Mariu "Inter"ga 2016 yilda "Sporting"dan 40 million evro evaziga o'tgan edi. Yarim himoyachining Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
Xavbek joriy mavsum RPL doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar