Joau Feliks "Aston Villa"ga o'tadimi?
07 dek 2022 14:39
Yangiliklar


Joau Feliks "Aston Villa"ga o'tadimi?
Portugaliya terma jamoasi va "Atletiko" hujumchisi Joau Feliks faoliyatini Birmingem klubida davom ettirishi mumkin.
23 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh Angliya jamoasi bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaralarni boshladi.
Avvalroq mashhur portugaliyalikning xizmatlariga "Bavariya", PSJ, "Manchester Yunayted" va "CHelsi" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Feliks 2019 yilda "Benfika"dan "Atletiko"ga 127,2 million evro evaziga o'tgandi. Ispaniya klubi uchun hujumchi 129 ta uchrashuv o'tkazib, 33 ta gol urdi va 18 ta golga assistentlik qildi. Feliks hozirda o'z terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Hujumchi 3 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar