So’nggi yangiliklar

23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  1 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  64 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   3

Jizzaxda tug'ilgan "Evro-2004" chempioni yoxud "gagarin"lik futbolchi haqida (mutolaa uchun) Yangiliklar

Jizzaxda tug'ilgan "Evro-2004" chempioni yoxud "gagarin"lik futbolchi haqida (mutolaa uchun)

Bugun xalqaro "kosmonavtika" kuni, sababi aynan shu kuni 1961 yil Sobiq Ittifoqlik uchuvchi Yuriy Gagarin "Vostok" fazoviy kemasida koinotga uchgan, ushbu hodisa insoniyat tarixidagi eng katta yutuqlardan biri.

Shu sabab 12 aprel kuni xalqaro "kosmonavtika" kuni nishonlanadi va Yuriy Gagarin nomiga ko'plab ko'chalar va shaharlar nomlangan, bizning yurtimiz ham bundan istisno emas. Biz bugun koinotdagi birinchi inson sharafiga nomlangan, Jizzax viloyatidagi kichik bir shaharda tug'ilgan futbolchi va faoliyati davomida Evropa chempioni bo'lishga muvofiq bo'lgan va Angliya, Italiya va Ispaniya chempionatlarida to'p tepgan futbolchi Dimitrios Papadopulos faoliyatiga nazar tashlaymiz.


Bolaligi va futbolga kirib kelishi

Grek millatiga mansub bo'lgan Dimitros - 1981 yilning 20chi oktyabr sanasida greciyalik muhojirlar oilasida tug'ilgan. Dimitrios bolalik davrini Qozog'iston (Gagarin shahrining aholisi asosan qozoqlar) bilan chegaradosh bo'lgan Gagarinda o'tkazgan. Dimitrios futboldagi birinchi qadamlarini O'zbekistonda aynan Jizzaxda tashlagan, qahramonimiz maktab jamoasida to'p tepishni boshlagan va futboldagi birinchi saboqlarini Gagarinda olgan. 1989 yilda Dimitrios 7 yoshga to'lganda oilasi bilan Greciyaga ko'chib ketishgan.

Futbolchilik faoliyati

Greciyaga ko'chib o'tganidan so'ng Dimitrios Greciyaning "Akratitos" klubi akademiyasida tarbiyalangan va shu klubning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Evropa chempioni 1999 yili "Akratitos" klubining asosiy tarkibida debyut qiladi va 2001 yilga qadar ushbu klubda to'p suradi va ikki mavsum davomida 57ta uchrashuvda ishtirok etib 20ta gol uradi. 2001 yilda esa Dimitrios Angliyaning "Byornli" klubiga ko'chib o'tadi. Papadopulos ikki yil davomida Angliyada to'p suradi va 35ta uchrashuvda 6ta gol uradi. Angliyada "ketmoni uchmagan" qahramonimiz 2003 yil Greciyaga qaytadi va "Panatinaikos" safiga borib qo'shiladi va ushbu jamoa safida faoliyatidagi "oltin davr"ini o'tkazadi. 2003-2008 yillar davomida qahramonimiz "Panatinaikos" safida 125ta uchrashuvda maydonga tushib 52ta gol urishga muvofiq bo'ldi. 2008 yilda esa futbolchi bir mavsum Italiya klubi "Lechche"da to'p surdi va "Dinamo Zagreb"da ham ijara asosida to'p surishga ulgurdi. Italiyada omadsizlikka uchragan Jizzax farzandi 2010-2012 yillar oralig'ida "La liga" ishtirokchisi "Selta" safida harakatlandi va asosan zaxira futbolchisi sifatida to'p tepdi. 2012 yili Greciyaga qaytgan Papadopulos keyingi besh mavsum davomida Greciyaning: "Paok", "Pantrakikos", "Atromitos", "Asteras" va "Panetolikos" klublarida faoliyat yuritdi va faoliyatini "qadrdon" "Akratitos" klubida yakunladi.

Terma jamoadagi faoliyati

Dimitrios Papadopulos faoliyati davomida Greciya terma jamoasida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urgan. Dimitrios 2004 yilda Portugaliyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatida Greciya tarkibidan joy olgan va turnir davomida 2ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Qo'shimcha malumotlar

Dimitrios Papadopulosning otasi "Paxtakor" muhlisi bo'lgan va "Paxtakor" tarihidagi eng yaxshi futbolchilardan biri Vasilis Xadzipanagisning muxlisi bo'lgan.


Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика