Jiru "Roma"da Jekoning o'rnini egallashi mumkin
28 jan 2021 15:32
Yangiliklar


Jiru "Roma"da Jekoning o'rnini egallashi mumkin
"Roma" rahbariyati bosniyalik Edin Jekoga o'rinbosar qidirish harakatiga tushgan.
34 yoshli to'purar futbolchi Italiya klubidan jamoa bosh murabbiyi Paulo Fonseka bilan kelishmovchiligi sabab ketishi mumkin.
Unga bosh o'rinbosar sifatida Londonning "CHelsi" klubi bilan shartnomasi yakunlanayotgan Olive Jiru ko'rilmoqda. Transfer katta ehtimol bilan "CHelsi"ning yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxelga bog'liq.
Olive joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar