Jiru jahon chempionatida birorta aniq zarba bermadi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2018, 07:51
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru JCH-2018 o'yinlarida darvozaga birorta aniq zarba bera olmadi.

31 yoshli forvard maydonda 546 daqiqa o'tkazib, fransiyaliklarning barcha uchrashuvlarida ishtirok etdi. U faqat Avstraliyaga qarshi JCH-2018 guruh bosqichi o'yinida asosiy tarkibda o'ynamadi.

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi turnir finalida Xorvatiyani 4:2 hisobida mag'lub etib, jahon chempioniga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports