Jiru Franciyadagi gollari haqida: "Platinini quvib o'tishni istayman"
08 sen 2019 19:28
Yangiliklar


Jiru Franciyadagi gollari haqida: "Platinini quvib o'tishni istayman"
Franciya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Evro-2020 saralashining Albaniyaga qarshi uchrashuvdan (4:1) so'ng o'z xulosalarini aytib o'tdi.
"Termaga qaytish va shunday ajoyib o'yin ko'rsatish juda yoqimli. Xursand bo'lish uchun ko'plab sabablar bor, ayniqsa birinchi bo'lim yakunlariga ko'ra. Ikkinchi taymda biroz charchab qoldik, lekin yaxshi kombinaciyalarni amalga oshirishni uddaladik. Hujumlarga shay holatda o'tib ketdik.
Maqsadim – terma jamoadagi gollar soni bo'yicha Mishel Platiniga etib olish. Menimcha bu zaxirada ko'milib o'tirishimga yo'l qo'ymaydigan yaxshi mo'ljal", - deydi Jiru.
32 yoshli hujumchi Franciya termasi safida 36 ta gol urgan, Platini hisobida 41 ta gol bor. Franciyaning rekordchi futbolchisi Terri Anri 51 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar