"Jirona" bosh murabbiyi "Barselona"ga o'tadimi?
14 fev 2024 15:40
Yangiliklar
"Jirona" bosh murabbiyi "Barselona"ga o'tadimi?
Mutaxassisning yozda "ko'k-anorranglilar"ni boshqarishi dargumon.
"Barselona" endi "Jirona" ustozi Michelni bosh murabbiy lavozimiga ko'rib chiqmayapti. Bu haqda "El Nacional" xabar bermoqda.
Avvalroq mutaxassis Kataloniya klubi vakillari bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi. Ushbu uchrashuvda ispaniyalik murabbiy jamoa bilan ishlash bo'yicha talablarini aytib o'tgan.
Oxirgi xabarlarga ko'ra, "Barselona" hozirda Michel nomzodini ko'rib chiqqani yo'q. Kataloniyaliklarga murabbiyning uslubi yoqadi, biroq u ilgari top-klubda ishlamagani ularni to'xtatib qo'ydi. Xuddi shu sababdan "ko'k-anorranglilar" "Sporting"da yaxshi ish olib borayotgan Ruben Amorimni olib kelmoqchi emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar