Jezus noyabr oyidan beri ilk bor "Arsenal" mashg'ulotlarida qatnashdi
08 mar 2023 23:10
Yangiliklar
Jezus noyabr oyidan beri ilk bor "Arsenal" mashg'ulotlarida qatnashdi
Futbolchi jarohatida qutilganidan so'ng ilk bor mashg'ulotlarda qatnashdi.
"Arsenal" klubi hujumchisi Gabriel Jezus noyabr oyidan beri ilk bora klubi mashg'ulotlarida to'liq qatnashdi. Hujumchi Jahon chempionatida Braziliya termasi safida jarohat olgandi.
Avvalroq, "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta forvardning maydonga qaytishiga oz fursat qolganini malum qilgandi. Biroq u aniq sanani aytmagandi.
Malumot uchun, Jezus jarohatiga qadar "Arsenal" safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushgandi. Uning hisobida 5 ta gol va 6 ta assist bor.
Fikrlar