Jezus Martinellini "hayvon" deb atadi
22 iyu 2022 20:25
Yangiliklar
Jezus Martinellini "hayvon" deb atadi
"Arsenal"ning yangi azosi Gabriel Jezus jamoadoshi Gabriel Martinellining o'yinini baholadi.
Mahalliy nashrga bergan intervyusida Jezus yangi jamoadoshini jonivorlar singari harakatchan va charchamasligi bilan uni qoyil qoldirganini takidladi.
"Martinelli naq hayvonning o'zginasi! U sira charchamaydi!"
25 yoshli futbolchi klubdagi muhit haqida ham fikr bildirdi:
"Jamoadoshlarim g'alaba tashna holda tayyorgarlik olib borishmoqda. Klub uzoq yillik tanaffusdan so'ng yana Premer-ligada zafar quchishga harakat qilib ko'radi. Bu erda bo'lish menga zavq bag'ishlamoqda", — deydi Jezus.
Eslatib o'tamiz, Jezus o'tgan mavsum "Manchester Siti" tarkibida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 12 ta assist qayd etdi.
Fikrlar