Jezus: “Jamoamga foyda keltirish uchun har qanday poziciyada o'ynashga tayyorman”
27 fev 2020 09:05
Yangiliklar
Jezus: “Jamoamga foyda keltirish uchun har qanday poziciyada o'ynashga tayyorman”
“Manchester Siti” hujumchisi “Real” bilan bahsdan (1:0) so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Palmeyras” akademiyasida o'tkazgan vaqtlarimni eslayman. Dastlab vinger sifatida harakatlanib, so'ngra klassik hujumchiga aylanganman. “Real”ga qarshi bahsda esa aynan markaziy hujumchi vazifasini bajardim. Bundan baxtliman. Maydonga jamoadoshlarimga yordam berish uchun chiqaman. Bunda oldinga yoki orqaga yugurishning farqi yo'q. Jamodoshlarimga yordam berishim kerak. Zamonaviy futbolda ko'p narsalarni o'rganamiz. Bazan boshqa poziciyalarda ham o'ynash kerak bo'ladi. Foyda keltirish uchun har qanday poziciyada o'ynashga tayyorman”, — deydi Gabi Jezus.
Fikrlar