Kuper: "Matich MYUga kerakli futbolchi ekanligini isbotladi"
18 mar 2020 21:57
Yangiliklar


Kuper: "Matich MYUga kerakli futbolchi ekanligini isbotladi"
"Sky Sports" eksperti Jeyms Kuper yarim himoyachi Nemanya Matich MYU bilan shartnomasini uzaytirgani haqida gapirdi.
"Yangi yil bayramidan oldin Matich yozga qadar ko'chada qolishini va "Old Trafford" unga ishonmay qolishini taxmin qilishgandi. Biroq u yana oldingi holatiga qaytdi.
Matich markazda Brunu Fernandeshga katta hudud yaratib beryapti, hujumga ham bormoqda, himoyaga ham ulguryapti. U o'ynagan so'nggi 11 o'yinda MYU atigi 2 gol qo'yib yubordi.
Ole Gunnar Sulsher ham Matichning holatidan mamnun. U yosh futbolchilarga o'rnak bo'lib kelmoqda. Matich klubning bir necha yillik rejalarida yuqori o'rin egallay oladi", - dedi ekspert.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar