Jeymi Karrager: "Ortega "Siti"ni chempion qildi"
15 may 2024 21:21
Yangiliklar
Jeymi Karrager: "Ortega "Siti"ni chempion qildi"
Sobiq futbolchining fikricha, "Siti"ning ikkinchi raqamli darvozaboni klubga chempionlikni taqdim etdi.
Kecha "Manchester Siti" va "Tottenxem" o'rtasidagi o'yinda shaxarliklar g'alaba qozondi. Ushbu o'yinning oxirgi daqiqalarida Son Xyon Min birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. "Siti" darvozaboni SHtefan Ortega ushbu vaziyatda ajoyib harakat qildi. "Liverpul" klubi sobiq futbolchisi Jeymi Karrager bu o'yin haqida fikr bildirdi.
"Biz Ortegani uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb tan oldik. Ortega "Siti"ni chempion qildi, desak ham bo'ladi.
Mavsum davomida ko'p narsa o'zgarib turdi, ammo faqat shu o'yinga etibor qaratsak, aynan Orteganing seyvi hamma narsani hal qildi. Aks holda, "Arsenal" chempion bo'lishi mumkin edi. Son Xyon Minning vaziyatini "Arsenal" muxlislari 5,10 balki 15 yil unuta olishmaydi", -deydi Jeymi Karrager.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar