Jerson "Barselona"ga o'tadi
04 avg 2015 09:50
Yangiliklar


Jerson "Barselona"ga o'tadi
"Fluminense" klubi yarim himoyachisi Jerson "Roma" taklifini rad qilib "Barselona"ga o'tishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Sport.es.
"Roma" "Fluminense"ga 18 yoshli futbolchining transferi uchun 15 million evro taklif qildi, ammo uning o'zi bu taklifni rad qildi. "Barselona" Braziliya klubiga 12 million evro to'laydi. Jerson "Barselona" safida faqat yanvar oyidan boshlab o'ynay oladi, sababi FIFA Kataloniya klubiga qishga qadar yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlab qo'ygan.
Bu mavsumda Jerson Braziliya chempionatida 15ta o'yin o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar