So’nggi yangiliklar

22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  0 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  0 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  1 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1

Jerom Etame: "Qiziqarli o'yin bo'ladi deb o'ylayman" Yangiliklar

Jerom Etame: "Qiziqarli o'yin bo'ladi deb o'ylayman"

Bugun Toshkent vaqti bilan 11:00da O'zbekiston - Kamerun o'rtoqlik uchrashuviga start beriladi.

Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan o'tadigan mazkur bahsga qiziqish katta. Har holda terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqqan jamoaga qarshi o'ynaymiz. Bugungi o'yin oldidan "Lokomotiv"ning kamerunlik legioneri Jerom Etame fikrlari bilan qiziqdik. 

- Jerom, O'zbekiston va Kamerun milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'yin haqida fikring? 

- Qiziqarli uchrashuv kutyapman. Har ikki jamoada yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Bu erda to'p tepayotganim uchun O'zbekiston terma jamoasiga taklif etilgan futbolchilarni ham bilaman. Menimcha, yaxshi o'yin bo'ladi. Kamerun terma jamoasi kuchli, biz Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etamiz. Lekin bosh murabbiy bugungi o'yinga ikkinchi tarkibni qo'ysa kerak. CHunki terma jamoa Janubiy Koreyaga ketishidan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida murabbiy Rigober Song ikkita tarkibni sinab ko'rishni reja qilayotganini aytgandi. SHundan kelib chiqib 27 sentyabr kungi Janubiy Koreya bilan bo'ladigan o'yinga kuchli tarkibni o'ynatsa kerak.


- Seningcha, hisob qanaqa tugaydi? 

- Taxmin qilib ko'raman, o'yinda Kamerun 2:1 hisobida g'alaba qozonadi. CHunki biz jahon chempionatiga hozirlik ko'ryapmiz. Mundial startiga oz qolgan bir paytda hamma o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. 


- O'zbekiston terma jamoasi haqida fikring qanday? 

- Faqat shuni aytishim mumkin, terma jamoangiz kuchlilar bilan qancha ko'p o'ynasa, shuncha yaxshi. Terma jamoa faqat shu orqali kuchayib boradi. Jamoangiz safida kuchli futbolchilar ko'p: o'zim taniydiganlardan Eldor SHomurodov, Oston O'runov, Farrux Sayfiev va boshqalarni aytishim mumkin.


- Bu o'yinlardagi natija Kamerun termasi bosh murabbiyi faoliyatiga tasir qiladimi? 

- Kamerunda futbolga etibor juda yuqori. Terma jamoa hatto o'rtoqlik uchrashuvida natija ko'rsata olmasa, murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatilishi mumkin. Agar O'zbekiston va Janubiy Koreya bilan o'yinlarda salbiy natija qayd etsak, tabiiyki Rigober Songga qiyin bo'ladi. Uni ketsin deganlar ham chiqib qoladi. SHu bois Kamerunda murabbiylar doim bosim ostida yuradi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика