So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  6 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Jeremi Gomes: "O'zbekistonning kuchli va ojiz tomonlarini o'rganib chiqib, ularga qarshi taktik ishlanmalar tuzdik. SHu bois, raqib bizga jiddiy zarar etkaza olmadi" Yangiliklar

Jeremi Gomes: "O'zbekistonning kuchli va ojiz tomonlarini o'rganib chiqib, ularga qarshi taktik ishlanmalar tuzdik. SHu bois, raqib bizga jiddiy zarar etkaza olmadi"

Futzal bo'yicha jahon chempionati "A" guruhi 3-turidan o'rin olgan Kosta-Rika - O'zbekiston (5:3) uchrashuvidan so'ng kosta-rikaliklar azosi Jeremi Gomes mikst-zonada saytimizga intervyu berdi.

"O'zbekistonga qarshi qiyin o'yin bo'lishini bilardik. CHunki raqib jamoa butun zalni to'ldirib o'tirgan muxlislari qarshisida saf tortgandi. Hatto muxlislar armiyasi sevimli jamoasi hisobda oldinda borayotganda, bosimni kuchaytirganiga qaramay, biz bularning barchasiga tayyor edik. Umuman olganda, jahon chempionatiga tashrif buyurganimiz va pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritganimizdan behad mamnunmiz.

Biz har bir raqibni sinchiklab o'rganamiz. Ularning zaif va kuchli tomonlarini bilish uchun o'yinlar videolarini tomosha qilamiz. SHu jumladan, O'zbekistonning kuchli va ojiz tomonlarini o'rganib chiqib, ularga qarshi taktik ishlanmalar tuzdik. SHu bilan birga, raqib darvozasiga yo'l topishning qulay usullarini bilardik. SHu tufayli ular bizga jiddiy zarar etkaza olmadi.

Keyingi bosqichdagi raqibimiz ertaga malum bo'ladi. Biz eng yaxshi uchinchi o'rinni egallagan jamoa bo'lib turibmiz. Nimchorak finalda qaysidir guruh g'olibi bilan to'qnash kelamiz, shu bois, jiddiy qarama-qarshilikka yo'liqishimiz aniq. Biroq keyingi bosqichda ham hamma narsa bo'lishi mumkin", dedi Gomes.

Eslatib o'tamiz, Kosta-Rika "A" guruhida 3-o'rinni egallagan holda nimchorak final yo'llanmasi sohibiga aylandi. Lotin Amerikasi mamlakati nimchorak finalda "B" yoki "C" guruhi g'oliblaridan biriga qarshi maydonga tushadi. 


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика